CardioCenterKarshi.uz

26-Sentabr | 2026 |
| Shanba
  clear sky
  25°C   |  
Qarshi

Du-Ju: 08:00–18:00 | Sha: 08:00–14:00

Hodimlar soni 305 nafar

Qarshi sh, Otchopar MFY, Bunyod 33

kardiologiya_qarshi@umail.uz

Jamoamiz mehnati — jamoatchilik e’tiborida

Filialimizning aholi salomatligini muhofaza qilish, zamonaviy tibbiy xizmatlarni joriy etish va yuqori malakali mutaxassislar faoliyati mahalliy gazeta sahifalarida keng yoritildi. Maqolada filialimizda amalga oshirilayotgan diagnostika, davolash va profilaktik ishlar, shuningdek, tibbiy xizmat sifatiga qaratilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Bu e’tirof — jamoamizning fidokorona mehnatiga berilgan yuksak bahosidir.

RIKIATM rahbariyati xududlarda tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha amaliy safarlarni davom ettirmoqda.

11 dekabr kuni RIKIATMning hududlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Karimov Anvar Mirzaxidovich Kasbi tuman tibbiyot birlashmasi, 12 dekabr kuni esa Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi. O‘rganishdan asosiy maqsad — tibbiyot muassasalarida mavjud uskunalarning texnik holatini o‘rganish, ularning samarali foydalanilishi bo‘yicha joylardagi mutaxassislarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, shu bilan birga tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni […]

Dehqonobod tumanida aholiga sayyor qabul va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi

2025 yil 11 dekabr kuni Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasi hududida Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan aholini qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini muhofaza qilish maqsadida sayyor qabul va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar (https://t.me/dehqonobodpress/45078?single) tashkil etildi. Ushbu tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali xodimlari ham faol ishtirok etdilar. Jumladan, filial direktori Y.R. […]

8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

2025 yil 6 dekabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida 8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni filial direktori Y.R. Axmatov ochib, Konstitutsiyamiz qabul qilingan tarixiy kunning ahamiyati, uning zamirida xalqimiz irodasi, huquq va erkinliklarining mustahkam kafolati mujassam ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, u milliy […]

RIKIATM Qarshi filialida yuqori texnologiyali yurak amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

2025 yil 4 dekabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida tibbiyotning zamonaviy yutuqlariga asoslangan navbatdagi murakkab amaliyot amalga oshirildi. RIKIATM REX bo‘limi boshlig‘i, PhD Yuldoshev B.A. hamda filial intervension kardiologlari ishtirokida yurak qon tomirlariga oid yuqori texnologiyali muolaja muvaffaqiyatli bajarildi. 56 yoshli bemorda yurakning koronar tomirida aniqlangan kritik torayish IVUS (tomir ichi […]

Qarshi shahri aholisi salomatligi ustuvor yo‘nalishda: yurak qon-tomir kasalliklariga qarshi keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda

Muhtaram Prezidentimizning joriy yil 10 noyabr kuni tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda belgilab berilgan dolzarb vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 1 dekabrdan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori X.G. Fozilov va markaz xodimlari, hamda uning Qarshi filiali mutaxassislari tomonidan Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli […]

Yapon ekspertlari Qarshida — tibbiyotda yangi hamkorliklar

2025 yil 2 dekabr Yaponiyaning Yakuzemi Information Education Center konsalting kompaniyasining ekspertlari va tarjimonlari — ISHII Kiyoshi, FURUKAWA Masakazu, SATO Daisuke, YOKOSAWA Erika hamda ABDUKADIROV Rasulbek, Sherova Sarvinoz Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga tashrif buyurdilar. Mazkur tashrif doirasida xorijlik mutaxassislar filialning moddiy-texnika bazasi, zamonaviy tibbiy uskunalari, malakali shifokorlar faoliyati hamda bemorlar uchun […]

Qarshi tumanida aholi uchun sayyor qabul va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi

2025 yil 27 noyabr kuni Qarshi tumani tibbiyot birlashmasi hududida joylashgan 52-oilaviy poliklinikasida aholini qo‘llab-quvvatlash, yurtdoshlar salomatligini mustahkamlash va tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida navbatdagi sayyor qabul va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Tadbir Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazildi. Ushbu muhim tashabbusda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot […]

Yong‘in va mehnat xavfsizligi yo‘nalishlarida o‘quv seminari tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2025 yil 3 fevraldagi 03/315-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida filialda ishchi-xodimlar uchun yong‘in xavfsizligi, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, elektr xavfsizligi hamda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘nalishlarida maxsus o‘quv kursi o‘tkazilmoqda. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari mehnat jarayonida xavfsizlik talablariga to‘liq rioya qilish, favqulodda holatlarning oldini olish hamda ish joyida sog‘lom va […]

Moskvadagi muvaffaqiyatli himoya — yurtimiz tibbiyoti uchun quvonarli yangilik!

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida 21 noyabr 2025 yil sanasida filialimiz kardiojarroxi Adham Qahramonovich Jalilov tomonidan “O‘tkir koronar sindromli bemorlarda miokardni xirurgik qayta qon bilan ta’minlash” mavzusidagi fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi. Ushbu salmoqli yutuq yurtimiz tibbiyotida, ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklarini davolash va kardioxirurgiya sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga qo‘shilgan beqiyos […]

Skip to content