CardioCenterKarshi.uz

6-Sentabr | 2026 |
| Yakshanba
  clear sky
  24°C   |  
Qarshi

Du-Ju: 08:00–18:00 | Sha: 08:00–14:00

Hodimlar soni 305 nafar

Qarshi sh, Otchopar MFY, Bunyod 33

kardiologiya_qarshi@umail.uz

2-iyul O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10-sessiyasida qabul qilingan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir

Chiroqchi tumanida aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Joriy yilning 25 iyun kuni Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan Chiroqchi tumanida aholi uchun keng qamrovli bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Mazkur tibbiy aksiyada viloyatning turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan malakali shifokorlari qatorida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialining yosh mutaxassislari B. Nurniyozov va J. Sattorov ham faol ishtirok etdilar. Tibbiy ko‘rik […]

RIKIATM Qarshi filialida telemeditsinani rivojlantirish uchun qilinayotgan ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli qarori 2-ilova 18 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 20 may kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va shu markazning Qarshi filiali o‘rtasida videokonferension aloqa shaklida telemeditsina muloqoti tashkillashtirildi. Muloqotda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kardiologi […]

17 may — “Xalqaro arterial gipertenziya kuni”

17 may — Xalqaro arterial gipertenziya kuni munosabati bilan RIKIATM Qarshi filialida aholi salomatligini muhofaza qilish, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan keng qamrovli profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida 150 nafardan ortiq fuqarolar bepul kardiolog ko‘rigidan o‘tkazilib, ularga elektrokardiografiya (EKG) tekshiruvlari amalga oshirildi. Shuningdek, mutaxassis shifokorlar tomonidan aholiga […]

RIKIATM Qarshi filialida xalqaro hamkorlik davom etmoqda.

AQShning tajribali kardiotorakal xirurgi, Billings Clinic mutaxassisi, professor Alexander I. Kraev ishtirokida mahorat darslari va ilmiy seminarlar o‘tkazildi. professor A. Kraev minimal invaziv kardioxirurgiya, murakkab aorta operatsiyalari, mitral va aortal klapanlar rekonstruksiyasi hamda yuqori xavfli yurak operatsiyalari bo‘yicha xalqaro darajada e’tirof etilgan mutaxassis hisoblanadi. Professor Aleksandr Kraev o‘z faoliyati davomida AQShda zamonaviy kardioxirurgiya dasturlarini tashkil […]

12 may — Xalqaro hamshiralar kuni

Hamshiralik — inson salomatligi yo‘lidagi eng mas’uliyatli va sharafli kasblardan biri hisoblanadi. Hamshiralar bemorlarga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, shifokorlarning yaqin ko‘makchisi sifatida tibbiyot tizimida muhim o‘rin tutadi. Ular nafaqat tibbiy xizmat ko‘rsatadi, balki bemorlarga ruhiy dalda va ishonch ham bag‘ishlaydi. Jahon hamjamiyati tomonidan har yili 12 may sanasi Xalqaro hamshiralar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bugungi […]

9 may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan RIKIATM Qarshi filialida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

8 may kuni bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirni filial direktori Y.R.Axmatov ochib berib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilgan faxriylar va mehnat ahlini qadrlash, ularga ehtirom ko‘rsatish xalqimizning ezgu qadriyatlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Tadbirda O‘zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasining mas’ul xodimi A.Xamrayev ishtirok etib, filialda uzoq yillar samarali mehnat qilgan 5 nafar faxriy xodimga […]

RIKIATM Qarshi filialida telemeditsinani rivojlantirish uchun qilinayotgan ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli qarori 2-ilova 18 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 4 may kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va shu markazning Qarshi filiali o‘rtasida videokonferension aloqa shaklida telemeditsina muloqoti tashkillashtirildi. Muloqotda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi reanimatologi […]

G‘uzor tumanida aholi salomatligi yo‘lida muhim tashabbus amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti talablari asosida deputatlar tomonidan hududlarda olib borilgan o‘rganishlar hamda aholi murojaatlari tahlili natijasida fuqarolar uchun bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Joriy yilning 30 aprel – 1 may kunlari G‘uzor tumani, “Mustaqillik” MFYda o‘tkazilgan mazkur tibbiy tadbir aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgani […]

Toshkent shahrida xalqaro kardiologiya kongressi bo‘lib o‘tdi.

2026 yil 24–25 aprel kunlari PCR Seminars Tashkent hamda Intervension kardiologlar va rentgenendovaskulyar jamiyati II xalqaro kongressi doirasida nufuzli xalqaro ilmiy-anjuman tashkil etildi. Mazkur anjumanda dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan yetakchi mutaxassislar, tajribali intervension kardiologlar, rentgenendovaskulyar jarrohlar hamda soha vakillari ishtirok etib, zamonaviy tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro fikr va tajriba almashdilar. Ilmiy dastur doirasida: […]

Skip to content