“Hamshira-2026” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

14 aprel kuni Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Hamshira-2026” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Hamshiralar kasbiy bilim va malakalarini oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash, mehnatda yutuqlarga erishib kelayotgan o‘rta tibbiyot xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ular faoliyatini ommalashtirish, o‘z kasbining mohir egalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan bu tadbirda ko‘rik-tanlovning […]
Xalqaro hamkorlikdagi jarrohlik amaliyotlari davom etmoqda.

Joriy yil 4-6 aprel kunlari Rossiya federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridan kardiojarroh, t.f.d professor Payvin Artyom Aleksandrovich yana bir bor tashrif buyurdi. Tashrif davomida filial kardiojarrohlari bilan birgalikda jami 8 nafar bemorda Aorta koronar shuntlash(micscab usulida) yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari amalga oshirishdi. Filial jamoasi Artyom Aleksandrovichga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
RIKIATM Qarshi filialida xalqaro hamkorlik doirasida yuqori texnologik kardiojarrohlik amaliyotlari izchil davom etmoqda.

Shveytsariyaning Syurix universitetidan professor, kardiojarroh Carrel Dahinden Thierry Albert Pierre joriy yilning 23-26 mart kunlari filialda bo‘ldi. Maqsad — memorandum asosida filial mutaxassislari bilan o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy kardiojarrohlik usullarini amaliyotga keng joriy etishdan iborat. Mutaxassis tomonidan jami 7 nafar bemorda murakkab va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Xususan, bemorlarda bo‘lmachalararo yurak devori nuqsonini […]
Dehqonobod tumanida sayyor tibbiy ko‘rik bo‘lib o‘tdi

25 mart kuni aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi sayyor tibbiy ko‘rik tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir doirasida fuqarolarni chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish, kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olishga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tibbiy ko‘rikda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialining mas’ul xodimi M. Ulashev faol ishtirok etdi. U tomonidan aholiga malakali tibbiy […]
RIKIATM Qarshi filialida telemeditsinani rivojlantirish uchun qilinayotgan ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli qarori 2-ilova 18 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 23 mart kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va shu markazning Qarshi filiali o‘rtasida videokonferension aloqa shaklida telemeditsina muloqoti tashkillashtirildi. Muloqotda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i A.R.Esonov, Rentgenendovaskulyar […]
Qarshi shahrida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan keng ko‘lamli tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

2026 yil 22 mart kuni o‘tkazilgan mazkur bayram dasturlari doirasida milliy an’ana va qadriyatlarimizni aks ettiruvchi madaniy-ma’rifiy chiqishlar, xalq o‘yinlari, qo‘shiq va raqslar namoyish etildi. Ushbu qutlug‘ ayyomda RIKIATM Qarshi filiali jamoasi ham faol ishtirok etib, bayramga munosib hissa qo‘shdi. Filial xodimlarining jamoaviy ishtiroki, targ‘ibot ishlari va bayramona chiqishlari tadbirga alohida shukuh va mazmun bag‘ishladi. […]
“Salomatlik marafoni” doirasida tibbiy ko‘riklar izchil davom etmoqda

Qarshi shahrida aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni” doirasida keng ko‘lamli tibbiy ko‘riklar izchil davom etmoqda. Mazkur marafon doirasida joriy yilning 2 martdan 31 martgacha bo‘lgan davrda aholining barcha qatlamlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Marafon doirasida […]
Chiroqchida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi

2026 yil 17 mart kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Qizilchovra mahalla fuqarolar yig‘inida aholining salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Ushbu tibbiy tadbirda viloyatimizda faoliyat yuritib kelayotgan turli ixtisosliklar bo‘yicha malakali shifokorlar jamoasi ishtirok etib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Ko‘riklar davomida fuqarolar yurak-qon tomir, endokrin, […]
Hashar tadbirlari davom etmoqda

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari 14 mart kuni ham davom etdi. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali jamoasi ushbu ezgu tadbirda yanada faol ishtirok etdi. Hasharning ikkinchi kunida ham filial hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xodimlar tomonidan hududdagi yashil maydonlar tartibga keltirildi, daraxtlar oqlandi, gulzorlar […]
“Salomatlik marafoni” doirasida aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

Qarshi shahrida aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida “Salomatlik marafoni”ga start berilgan edi. Mazkur marafon doirasida joriy yilning 2 martdan 31 martgacha bo‘lgan davrda oilaviy poliklinikalar, viloyat hamda respublika darajasidagi yetakchi shifokorlar, shuningdek, xorijiy mutaxassislar ishtirokida aholining barcha qatlamlarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari tashkil etilmoqda. Marafonning […]
