Tibbiyot xodimlari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi

Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanba kuni mamlakatimizda Tibbiyot xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana arafasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, inson hayoti va qadri uchun fidokorona mehnat qilayotgan soha vakillariga ehtirom ko‘rsatish an’anaga aylangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 7 noyabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida bayram tadbiri bo‘lib […]
RIKIATM Qarshi filialida telemeditsinani rivojlantirish uchun qilinayotgan ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli qarori 2-ilova 18 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 5 noyabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va shu markazning Qarshi filiali o‘rtasida videokonferension aloqa shaklida telemeditsina muloqoti tashkillashtirildi. Muloqotda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i A.R.Esonov va Qarshi […]
Qarshi filialida “Salomatlik marafoni” — sog‘lom hayot tarzi yo‘lida muhim tashabbus

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2025 yil 9 oktabrdagi 02/3391-sonli ko‘rsatmasiga asosan 31 oktabr kuni “Salomatlik marafoni” o‘tkazildi. Tadbirda filialning barcha tibbiyot xodimlari faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shdilar. Marafon doirasida yurish va yugurish mashg‘ulotlari, shuningdek, shaxmat-shashka hamda stol tennisi bo‘yicha sport […]
🩺 Qarshi shahrida o‘tkir ishemik insultni barvaqt aniqlash hamda davolash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

2025 yil 25 oktabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025 yil 30 avgustdagi 02-1420-sonli “Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ning 2.6.1-bandi ijrosini bosqichma-bosqich ta’minlash maqsadida, shuningdek, o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash hamda davolash tizimini takomillashtirish […]
Qarshida zamonaviy kardiologiyaning yangi bosqichi: yetakchi mutaxassislar ishtirokida mahorat darsi

📅 18 oktabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi filialida zamonaviy intervension kardiologiya yo‘nalishidagi ilmiy va amaliy yondashuvlarga bag‘ishlangan «Koronar tomirlarning holatini baholashning zamonaviy instrumental usullari. IVUS va FFR texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. 🏥 Ushbu tadbir mamlakatimizdagi yetakchi intervension kardiologlarning tajriba almashish maydoniga aylandi. Tadbirni filial direktori Y.R. Axmatov ochib […]
Yurakka yangi hayot: Qarshi kardiologlari zamonaviy TAVI amaliyoti bilan navbatdagi muvaffaqiyatga erishdi.

🗓 2025 yil 17 oktabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi filialida yurak klapanini almashtirishning zamonaviy usuli — TAVI (Transcatheter Aortic Valve Implantation) amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 🫀 Yurak klapanlari inson hayotida beqiyos ahamiyatga ega. Ayrim bemorlarda, ayniqsa qarilik yoki ateroskleroz sababli, aorta klapani torayadi, natijada yurak faoliyatiga ortiqcha yuklama tushadi va hayot […]
🩺 Yuksak mahorat va hamkorlik samarasi

Joriy yilning 8 oktabr kuni ayni damda Ispaniyaning Madrid shahrida faoliyat olib borayotgan taniqli rentgen-endovaskulyar jarroh, tibbiyot fanlari nomzodi, kardiojarroh Xilchuk Anton Andreyevich hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali intervension kardiologlari hamkorligida yana bir murakkab va hayotiy ahamiyatga ega jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi. Bemorda chap umumiy uyqu arteriyasining 90–95 foizlik kritik […]
🇺🇿🇰🇿 YURAK JARROHLIGIDA YANGI BOSQICH: QOZOG‘ISTON SHIFOKORLARI QARSHIDA MUVAFFAQIYATLI OPERATSIYALAR O‘TKAZDI

Joriy yilning 6–7 oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining A.N. Sizganov nomidagi Xirurgiya Milliy tadqiqot markazining kardiojarrohlik bo‘limi mudiri, taniqli kardiojarroh Bauirjan Aldabergenovich Rakishev boshchiligidagi yetuk mutaxassislar jamoasi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali shifokorlari bilan hamkorlikda bir qator murakkab va yuqori texnologiyali ochiq yurak operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirdilar. 🔹 Ikki nafar bemorda mitral […]
⚡️O‘zbekistonda ilk bor zamonaviy Insight LifeTech kompaniyasining VivoHeart tomir ichi ultratovush apparati (IVUS) amaliyotda qo‘llanildi!

🏩 Qarshi shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filialida intervension kardiologlar jamoasi tomonidan viloyat miqyosida ilk marotaba IVUS tekshiruvi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. 👤 55 yoshli bemorda o‘tkazilgan koronarografiya tekshiruvi davomida yurakning chap oldinga tushuvchi arteriyasida taxminan 50–55% torayish kuzatilgan. 🔭 IVUS texnologiyasi – aterosklerotik pilakchaning anatomik xususiyatlarini, torayish darajasini va qon tomir ichki […]
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK JADALASHTIRILMOQDA

Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 30 sentabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali direktori Y.R.Axmatov raxbarligida tuman kuratori, kardiolog G‘.Rajabov, statist shifokor M.Ulashov hamda mutaxassis B.Qudratovlar tomonidan Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinika va oilaviy shifokor punktlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi. […]
