Koson tumanida kardiologik bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi

10 iyul kuni RIKIATMning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mas’ul kuratori Sh.Doniyorov, kardiolog A.Kim hamda doktorant E.Raxmonov Koson tumanida amaliy-uslubiy ishlar olib bordi. Mutaxassislar tomonidan standart ambulator qabullar tashkil etilib, statsionarda davolanayotgan og‘ir ahvoldagi bemorlar ko‘rikdan o‘tkazildi. Har bir klinik holat yuzasidan atroflicha tahlil o‘tkazilib, davolash samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi. Tashrif doirasida tibbiyot xodimlari uchun […]
