Xalqaro hamkorlikdagi jarrohlik amaliyotlari davom etmoqda.

Joriy yil 4-6 aprel kunlari Rossiya federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridan kardiojarroh, t.f.d professor Payvin Artyom Aleksandrovich yana bir bor tashrif buyurdi. Tashrif davomida filial kardiojarrohlari bilan birgalikda jami 8 nafar bemorda Aorta koronar shuntlash(micscab usulida) yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari amalga oshirishdi. Filial jamoasi Artyom Aleksandrovichga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
