CardioCenterKarshi.uz

23-Iyun | 2025 |
| Dushanba
  clear sky
  41°C   |  
Qarshi

Du-Ju: 08:00–18:00 | Sha: 08:00–14:00

Hodimlar soni 305 nafar

Qarshi sh, Otchopar MFY, Bunyod 33

kardiologiya_qarshi@umail.uz

Markaz haqida

Bizning tariximiz

1978-yil 15 noyabr kuni Qashqadaryo viloyat kardiologiya dispanseri nomi ostida ochildi. Bu dispanser SSSR davlatlari ichida ikkinchi, O‘zbekistonda esa birinchi kardiologiya dispanseri edi. Aslida bu binoda viloyatlararo Sil kasalligi dispanseri ochilish rejalashtirilgan. Lekin Kardiologiya dispanseri birinchi bosh shifokori Qurbonaliev N.Q. tashabbusi bilan qayta rejalashtirilgan va qurilgan binolarda Viloyat kardiologiya dispanseri va Bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi ochilishi tasdiqlangan. Dastlab 3 ta bo‘limdan: Reanimatsiya, 1-kardiologiya va 2-kardiologiya bo‘limlaridan iborat bo‘lgan. Keyinchalik Reanimatsiya, Aritmologiya, YuIK va AG bo‘limlariga o‘zgartirilgan; 1994 – yilda kardiologiya dispanseriga moslashtirilgan 3 qavatli yangi binoga ko‘chirildi; 2005 – yilda bino to‘liq rekonstruksiya qilinadi va dispanser nomi Respublika Ixtisoslashtirilgan Kardiologiya markazi Qarshi filialiga o‘zgartirildi.

Biz haqimizda

Filial Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkiloti sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-iyundagi “O’zbekiston Respublikasi axolisiga 2017-2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko’rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-3071-sonli qarori asosida tashkil etiladi.
Prezidentimiz 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog’ida Qarshi shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya hamda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining filiallarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar bergan edi. O’tgan qisqa vaqtda yonma-yon joylashgan ikki yirik markaz qurib bitkazildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida 305 nafar xodim ishlaydi. 45 nafar shifokorlar, 1 nafar provizor, 2 nafar provizor yordamchisi, 138 nafar o’rta tibbiyot xodimlari va 86 nafar kichik tibbiyot xodimlari faoliyat yuritadi.

Skip to content