CardioCenterKarshi.uz

19-Iyun | 2026 |
| Juma
  broken clouds
  31°C   |  
Qarshi

Du-Ju: 08:00–18:00 | Sha: 08:00–14:00

Hodimlar soni 305 nafar

Qarshi sh, Otchopar MFY, Bunyod 33

kardiologiya_qarshi@umail.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli qarori 2-ilova 18 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 11 mart kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va shu markazning Qarshi filiali o‘rtasida videokonferension aloqa shaklida telemeditsina muloqoti tashkillashtirildi.

 

Muloqotda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i A.R.Esonov va Qarshi filiali direktori t.f.n. Y.R.Axmatov hamda kardioreanimatolog S.Raximova birgalikda Kardioreanimatsiya bo‘limida davolanayotgan 3 nafar  og‘ir ahvoldagi bemorlar(D.S.,O.B.,K.R.)ning kasallik tarixi asosida bemorlar holati klinik jixatdan taxlil etildi. Telemeditsina muloqotida zamonaviy portativ telemetriya uskunasi orqali bemorning oila a’zolari ham bevosita ishtirok etishdi. Muloqot so‘ngida A.R.Esonov o‘zining zarur tavsiya va tushunchalarini berdi.

 

Innovatsion telemeditsinani izchil yo‘lga qo‘yilishi orqali aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi kengayadi, olis hududlarda yashovchi fuqarolarimizning ilg‘or tibbiy xizmatlardan bahramand bo‘lishiga xizmat qiladi.

#Zero_tibbiyotdagi_islohotlar_inson_qadri_uchun

Skip to content