OIV infeksiyasini oldini olish — ustuvor vazifa

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasini oldini olish chora-tadbirlari va tibbiy yordamni tashkil etishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 111-sonli buyrug‘i 13-ilovasi ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu hujjatga muvofiq, viloyatdagi barcha davolash-profilaktika muassasalarida tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, infeksiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni […]
