Dehqonobod tumanida aholiga sayyor qabul va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi

2025 yil 11 dekabr kuni Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasi hududida Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan aholini qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini muhofaza qilish maqsadida sayyor qabul va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar (https://t.me/dehqonobodpress/45078?single) tashkil etildi. Ushbu tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali xodimlari ham faol ishtirok etdilar. Jumladan, filial direktori Y.R. […]
