🩺 Qarshi shahrida o‘tkir ishemik insultni barvaqt aniqlash hamda davolash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

2025 yil 25 oktabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025 yil 30 avgustdagi 02-1420-sonli “Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ning 2.6.1-bandi ijrosini bosqichma-bosqich ta’minlash maqsadida, shuningdek, o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash hamda davolash tizimini takomillashtirish […]
