Qarshi shahrida tibbiyot xodimlariga skrining va DMED tizimi bo‘yicha amaliy o‘quv tadbirlari o‘tkazildi

Aholining salomatligini saqlash va kasalliklarni erta aniqlashda skrining dasturlarini samarali tashkil etish hamda olingan ma’lumotlarni DMED elektron platformasiga to‘g‘ri kiritish — bugungi kun sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Shu maqsadda, 2025 yil 18 iyul kuni Qarshi shahrida shahar kuratori J.G‘aniyev boshchiligida tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun amaliy o‘quv tadbirlari tashkil etildi. […]
Chiroqchi tumanida tibbiy islohotlar va raqamlashtirish jarayonlari tahlil qilindi

2025 yil 18 iyul kuni Chiroqchi tumanida joylashgan tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmat sifatini oshirish va elektron tizimlar orqali raqamlashtirish ishlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida o‘rganish jarayoni amalga oshirildi. Tashrif doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali direktori Y.R.Axmatov, tuman kuratori G‘.Rajabov hamda filial tibbiy statisti M.Ulashov Chiroqchi tumanida faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasalarida […]
