Muborak tumanida tibbiyot xodimlariga skrining va DMED tizimi bo‘yicha amaliy o‘quv tadbirlari o‘tkazildi

Aholining salomatligini saqlash va kasalliklarni erta aniqlashda skrining dasturlarini samarali tashkil etish hamda olingan ma’lumotlarni DMED elektron platformasiga to‘g‘ri kiritish — bugungi kun sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Shu maqsadda, 2025 yil 14 iyul kuni Muborak tumanida tuman kuratori B.Jo‘rayev boshchiligida tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun amaliy o‘quv tadbirlari tashkil etildi. […]
