Kitob tumanida kardioskrining va raqamli sog‘lomlashtirish tizimi yuzasidan amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi

10 iyul kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali tomonidan belgilangan kuratorlik rejasi doirasida Kitob tumaniga amaliy tashrif uyushtirildi. Tashrif davomida filialning tuman kuratori N.Yuldoshev ishtirokida kardioskrining jarayonlari va “DMED” elektron tizimida amaliy o‘quv seminari tashkil etildi. O‘quv seminarida birlamchi tibbiyot bo‘g‘inlari mutaxassislari, oilaviy shifokorlar va patronaj hamshiralari ishtirok etdilar. Tadbir davomida kardioskriningning […]
Ko‘kdala tumanida tibbiyot xodimlariga skrining va DMED tizimi bo‘yicha amaliy o‘quv tadbirlari o‘tkazildi

Aholining salomatligini saqlash va kasalliklarni erta aniqlashda skrining dasturlarini samarali tashkil etish hamda olingan ma’lumotlarni DMED elektron platformasiga to‘g‘ri kiritish — bugungi kun sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Shu maqsadda, 2025 yil 10 iyul kuni Ko‘kdala tumanida tuman kuratori S.Anayev boshchiligida tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun amaliy o‘quv tadbirlari tashkil etildi. […]
