RIKIATM Qarshi filiali xodimlari beg‘araz qon topshirish aksiyasida faol ishtirok etishdi.

Jamiyatda insonparvarlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini keng targ‘ib etish, shuningdek ehtiyojmand bemorlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali xodimlari navbatdagi xayriya tadbirida ishtirok etishdi. Ushbu aksiya doirasida filialning 18 nafar xodimlari o‘z ixtiyolari bilan beg‘araz qon topshirishda faol qatnashdilar. Ularning bu sa’y-harakatlari ehtiyojmand bemorlar hayotini saqlab qolishda beqiyos ahamiyat […]
