“Milliy libos – milliy g‘urur” targ‘ibot tadbiri davom etmoqda

Xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari milliy liboslarimizda aks etadi. Juma milliy liboslar kuni munosabati bilan 21 fevral kuni RIKIATM Qarshi filiali xodimlari ishga milliy libosda tashrif buyurdilar va “Milliy libos – milliy g‘urur ” shiori ostida o‘tkazilayotgan chellenjda faol ishtirok etdilar.
