NAVBATDAGI MANZIL – MUBORAK TUMANI

Kuni kecha viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining bir guruh mas’ullari, shuningdek, viloyat davolash-profilaktika muassasalari rahbarlaridan iborat ishchi guruh Muborak tumani muassasalarida islohotlarning borishini o‘rganishdi. Joriy yilning 5 fevral sanasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. […]
